Muzrobshoh Xorazmiy maqbarasi
Muzrobshoh Xorazmiy maqbarasi – XVI—XVIII asrlar Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi meʼmoriy yodgorlik. Maqbara Xorazmdagi davlat va din arbobi boʻlmish Muzrobshoh sharafiga bunyod etilgan. Maqbara bir xonali, peshtogʻi gumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, ortiqcha bezak ishlatilmagan. Maqbara tarhi 7,3x8,3 m, goʻrxona murabba tarhli 4,9x4,9 m. Peshtoqi Xorazm meʼmorchiligiga xos uslubda – kiraverishi chuqur ravoqli, ikki yon tomonlariga va tepasiga mayda ravoqchalar ishlangan. Yuqorisi gʻishtli sharafa bilan yakunlangan. Mahalliy aholi tilida bu maqbara „Shohpir qadamjosi“ deb ataladi.
Read article